Mosulni IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganidan beri 34 mingga yaqin iroqlik uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda 6-noyabr, yakshanba kuni BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Boshqarmaga ko‘ra, yana 39 ming kishi Xavija okrugidan avgust boshlarida ko‘chib kelgan. Ularning aksariyati qisqa muddatda jihozlangan joylar va qabul qiluvchi jamoalarda joylashtirildi.
Gumanitar agentliklar ichki qochqinlar va ozod qilingan tumanlar aholisiga yordam ko‘rsatmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)