Ryanair aviakompaniyasining Bryusseldan Maltaga yo‘l olgan samolyoti havo kemasi bortidagi mushtlashuv tufayli Italiyaning Piza shahri aeroportida qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Le Soir nashriga ko‘ra, mushtlashuv “sharqiy yevropaliklarning o‘ta tajovuzkorona harakatlari” tufayli yuzaga keldi. Ularning qaysi millatga mansubligiga aniqlik kiritilmagan.
Ekipaj a’zolari yo‘lovchilarni tinchlantirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq samolyot komandiri shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi. Pizada 4 nafar janjalkash reysdan olib qolindi.
Izoh (0)