Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras tomonidan amalga oshirilgan o‘zgartirishlardan so‘ng mamlakat vazirlar mahkamasining yangi a’zolari prezident saroyida qasamyod qabul qildi. Marosimda mamlakat prezidenti Prokopis Pavlopulos, idora rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi, deb xabar beradi “TASS”.
Yangi hukumatda asosiy idoralar rahbarlari — tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias, milliy mudofaa vaziri Panos Kammenos va moliya vaziri Evklidis Sakalotos o‘z lavozimlarini saqlab qoldi. Shuningdek, Andreas Ksantos sog‘liqni saqlash vaziri, Yannis Dragasakis esa bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib qoldi.
Ichki ishlar vaziri etib sobiq energetika vaziri Panos Skurletis, ta’lim, tadqiqot va kultlar vaziri etib Konstantinos Gavroglu tayinlandi, ushbu vazirlikning sobiq rahbari Nikos Filis mahkamadan chiqarildi. Mehnat, ijtimoiy sug‘urtalash va birdamlik vaziri etib Efi Axsioglu, adliya, transparentlik va inson huquqlari vaziri etib Stavros Kontonis tayinlandi.
Bundan tashqari, madaniyat va sport vaziri etib Lidiya Koniordu, iqtisodiyot va rivojlanish vaziri etib Dimitris Papadimitriu tayinlandi.
Bir qator yangi vazirliklar tashkil etildi — migratsion siyosat vazirligi (Yannis Muzalas), raqamli siyosat, telekommunikatsiyalar va axborot vazirligi (Nikos Pappas), turizm vazirligi (Yelena Kundura) va boshqalar.
Izoh (0)