BMT Mosul qochoqlari uchun 11 ming kishiga mo‘ljallangan yangi lager ochdi. Bu haqda 4-noyabr, juma kuni xalqaro tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Mosuldagi harbiy operatsiyadan qochayotgan oilalarni joylashtirish uchun Hasan ash-Shomda yangi lager ochdi. Bugunning o‘zida unga 3 mingga yaqin kishi qabul qilindi. Barcha oilalar chodirlarga joylashtirilmoqda va yordam olmoqda. Lager jami 11 ming kishini qabul qilishi mumkin”, — deya ta’kidladi Dyujarrik.
Xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Mosuldagi jangovar harakatlar 20 mingdan ortiq kishini o‘z uyini tark etishga majbur qildi. Ularning yarmi bolalardir.
Izoh (0)