• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh prezidenti saylovi haqida hijolatli savollar: Tanlovchilar kim? Amerikaliklar Putinga ovoz berishi mumkinmi? (Ha!)

    AQShdagi prezident saylovlari — murakkab jarayon bo‘lib, unda har doim ham aholining ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlagan nomzod g‘alaba qozonavermaydi. Tanlovchilar instituti, saylov byulleteniga istalgan ismni yozish imkoniyati va pasportsiz ovoz berish huquqi Amerikadagi saylovlarni o‘ziga xos hodisaga aylantiradi. Meduza nashri AQShdagi istalgan prezident saylovi kampaniyasi vaqtida paydo bo‘ladigan hijolatli savollarga javob berdi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    AQShdagi saylovlar bevosita emasligi rostmi?

    Ha, bu haqiqat. AQShdagi prezident saylovi ikki bosqichli tizim asosida bo‘lib o‘tadi. AQSh Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat aholisi prezident saylovida nomzodlarga ovoz beradi, biroq saylovchilarning ovozi nomzodlarga bevosita emas, balki tanlovchilar (saylashga vakil qilingan shaxslar) hay’ati orqali yetib boradi. Boshqacha aytganda, amerikaliklar tanlovchilar uchun ovoz beradi, keyin ular prezidentni tanlaydi. Bunday tizim AQSh bilan birga tug‘ilgan — mamlakatning asoschi-otalari demokratiya tarafdori bo‘lgan ersa-da, prezident saylovini to‘la ravishda aholi ixtiyoriga topshirib qo‘yishga baribir tayyor bo‘lmagan, deb hisoblaniladi.
    • AQSh prezidenti saylovi—2016

    Ya’ni, tanlovchilar — bu tirik odamlar?

    Ha, ular sizu bizdek odam. Tanlovchilar AQShning har bir shtatida — shtatdan saylangan kongress (uning har ikki palatasi) a’zolari soniga muvofiq ravishda — tayinlanadi. Ya’ni, shtat aholisi qancha ko‘p bo‘lsa, uning kongressdagi a’zolari soni ham, tanlovchilari ham shuncha ko‘p bo‘ladi. AQShdagi aholi eng zich shtat — Kaliforniya 55 tanlovchiga ega; aholisi eng kam yetti shtat tanlovchilari soni uch nafardan oshmaydi. Bundan tashqari, maxsus tuzatishga muvofiq, poytaxt Kolumbiya okrugi ham eng kam shtatchalik tanlovchilarga ega. Natijada 538 kishidan iborat hay’at hosil bo‘ladi. Bu miqdor AQSh prezidenti saylovida nomzodning g‘olib chiqishi uchun zarur ovozlar sonini ham belgilaydi — 270 ta ovoz. Tanlovchilarning ovoz berishi durang bilan tugasa, Vakillar palatasidagi ovoz berish orqali prezident aniqlanadi. G‘alaba uchun 26 shtatning ovozi zarur.

    Tanlovchilar saylovchilar tanloviga zid ravishda ovoz berishi mumkinmi?

    AQShning federal qonunchiligida tanlovchilarga u yoki bu tartibda ovoz berish majburiyatini yuklaydigan normalar ko‘zda tutilmagan. Ba’zi shtatlarda tanlovchilardan aholi xohish-irodasiga muvofiq ovoz berish va’dasi olinadi. Va’daga vafo qilmay, boshqa nomzodga ovoz berish qasamyodning buzilishi hisoblanadi va 24 shtatda qonunga muvofiq jazolanadi. Aksariyat hollarda tanlovchilar saylovchilar xohlaganidek ovoz beradi, aksincha yo‘l tutganlarni esa “bevafo tanlovchilar” deb atashadi.

    Ko‘proq ovoz olib, saylovda yutqazish ham mumkinmi?

    Ha, biroq bunaqasi kamdan-kam hollarda tanlovchilarning ovoz berishiga, undan ham kamroq hollarda bevafo tanlovchilarning harakatiga bog‘liq. Yanada muhimroq jihat bor — har bir shtatda saylovchilarning ovozi taqsimlanishi masalasi. 50 shtatdan 48 tasida tanlovchilar, qanday natija bilan g‘alaba qozonganidan qat’iy nazar, “g‘olib hammasini qo‘lga kiritadi” tizimi bo‘yicha tayinlanadi. Ya’ni, Kaliforniyada g‘olib chiqqan nomzod, u atigi 51 foiz ovozni qo‘lga kiritib, qolgan 49 foiz ovoz raqibiga nasib etgan bo‘lsa-da, barcha 55 tanlovchining ovozi egasiga aylanadi.

    Shunday qilib, nomzod saylovchilarning ko‘proq ovozini qo‘lga kiritib, tanlovchilarning ovoz berishi bo‘yicha mag‘lub bo‘lishi ehtimoli bor. So‘nggi misol — 2000-yilgi saylovlar. O‘shanda demokrat Albert Gor aholining 48,4 foiz ovozini to‘plagan, respublikachi kenja Jorj Bush bo‘lsa 47,9 foiz ovoz olgan. Biroq tanlovchilarning ovozi Bush foydasiga ishlagan (271 ga 266) va u g‘olib deb e’lon qilingan. Mana shunday holatlardan so‘ng saylov tizimini isloh qilish zarurligi haqida bayonotlar yangrashi tabiiy hol.

    Pasport kerak emasligi rostmi? Unda istalgan odam ovoz beraveradi-ku!

    Haqiqatan ham, aksariyat shtatlarda ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart emas. Oldindan saylovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tib, saylov kuni saylov uchastkasiga kelish, ism va familiyani aytib, byulletenga imzo chekishning o‘zi kifoya. Saylovchining imzosi ro‘yxatga olish vaqtidagi imzo bilan solishtiriladi va saylovda qatnashish uchun shuning o‘zi yetarli. Ba’zi shtatlarda hujjat ko‘rsatish majburiyatini yuklovchi qonunlar qabul qilingan — ko‘pincha bu soxta ovozlarning oldini olish maqsadida qilinmoqda, deb izohlanadi. Biroq amalda ikki marta ovoz berishga urinish yoki o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatishlar deyarli uchramaydi. Bu yilgi muddatidan avvalgi ovoz berish jarayonida ayovalik ayol Trampga ikki marta ovoz berishga harakat qildi — uni hibsga olishdi. Boshqa bunday holatlar haqida hozircha hech bir axborot yo‘q.

    Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi qonunlar boshqa maqsadlar uchun ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi: masalan, bunday hujjatlari yo‘q odamlarning saylovda qatnashishini qiyinlashtirish maqsadida (AQShda bundaylar ko‘p). Bu kabi qonunlarga qarshi chiquvchilar — asosan liberallar va so‘l-markazchilarning ta’kidlashicha, hujjat talab qilish — konstitutsiyaga zid, biroq shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, hujjati yo‘q saylovchilar (ko‘pincha, qashshoqlar va ozchilik vakillari) odatda aynan liberallarga ovoz beradi.

    Nima uchun saylovda har doim atigi ikki nomzod bo‘ladi?

    Nomzodlar deyarli har doim ikki nafardan ko‘p bo‘ladi. Ikki yirik partiya — Demokratik va Respublikachilar partiyasidan tashqari, nufuzi nisbatan past partiyalar (Yashillar, Libertarianlar, Konstitutsiyaviy)ning vakillari va mustaqil nomzodlar ham prezidentlik uchun kurashadi. 2016-yilgi saylovda nomzodlar soni olti nafar, e’tiborli tomoni, “uchinchi nomzodlar”dan biri Nyu-Meksiko shtati sobiq gubernatori Geri Jonson bo‘lib, u ancha ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbob hisoblanadi. Biroq amalda faqat “og‘ir vaznlilar” — hozirgi holatda — Hillari Klinton va Donald Tramp kurash olib boradi.

    Boz ustiga, agar saylovchiga byulletenda ko‘rsatilgan nomzodlarning hech biri ma’qul kelmasa, u saylov qog‘oziga o‘zi xohlagan nomzodning ismini yozib, uning qarshisiga “galochka” qo‘yishi mumkin (ular “yozilgan nomzodlar” (write-in candidates) deb ataladi; ular uchun odatda alohida bo‘sh qator ajratiladi). Ba’zan bunday nomzodlarning paydo bo‘lishi ismi avvalboshdan byulletenga yozilganlarning to‘satdan kasal bo‘lib qolishi yoki vafot etishi bilan bog‘liq, biroq amerikaliklar bu imkoniyatdan ko‘pincha hazil tariqasida foydalanadi. Masalan, 2012-yili kimlardir Oq uyda “Yulduzlar jangi”dagi magistr Yodani, Chak Norrisni va hatto Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ko‘rishni istagan.

    Shuncha mojarolardan so‘ng, Trampning birorta tarafdori qolganmi o‘zi?

    Agar FiveThirtyEight saytiga ishoniladigan bo‘lsa (sayt tanlovchilar hay’ati a’zolari soniga mos ravishda nomlangan; so‘nggi sakkiz yil davomida FiveThirtyEight’ning saylovoldi prognozlari eng nufuzli hisoblanadi), noyabr boshida amerikaliklarning 45 foizi Donald Trampga, 49 foizdan sal kamrog‘i Hillari Klintonga ovoz berishga tayyor edi. Ko‘plab mojaroli bayonotlari, “ayollarni tahqirlovchi” degan maqomining barqarorligi va nufuzli respublikachilar bilan munosabatlari yomonligiga qaramasdan, Tramp hali ham juda mashhur nomzod bo‘lib qolmoqda. Milliarder o‘zining populistik qarashlari bilan zamonaviy Amerika jamiyatidagi nomaqbul hamma narsaga qarshi kurashuvchi amerikaliklar uchun bir timsolga aylandi.
    • Tramp so‘rovlardan biriga ko‘ra Hillari Klintonni ortda qoldirdi. Endi u saylovda g‘alaba qozonadimi?

    Nega Hillari Klinton saylovda aniq g‘alaba qozonadi, deb yozishyapti?

    Chunki, yuqorida ta’kidlanganidek, aholining qo‘llab-quvvatlashi AQSh prezidenti saylovida g‘alaba kafolati emas. Amerikaliklar har ikkala nomzodni deyarli tengma-teng qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, Hillari Klintonning prezident bo‘lish, ya’ni, tanlovchilarning 270 ta ovozini to‘plash imkoniyati Trampnikidan ko‘ra ancha yuqori. FiveThirtyEight’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Klintonning g‘alabasi ehtimoli 71 foizga teng, ikki hafta avval (FQBning Klinton pochtasi bilan bog‘liq yozishmalarni qayta tekshirishni boshlashidan avval) uning imkoniyati 87 foizga baholanayotgan edi. Shunday ekan, hozircha Klintonning g‘alabasi uzil-kesildek ko‘rinmayapti.

    Tanlovchilar hay’atining ovoz berishi qanday bo‘ladi?

    Umummilliy ovoz berish natijalari saylov kuni yakuniga yetishi bilan e’lon qilinadi (saylov kuni noyabrning birinchi dushanbasidan keyingi seshanbada bo‘ladi, xususan, 2016-yilda u 8-noyabrga to‘g‘ri keldi) . Tanlovchilarning ovoz berish kuni ham har doim avvaldan ma’lum bo‘ladi — bu dekabrning ikkinchi chorshanbasidan keyingi birinchi dushanba (2016-yilning 19-dekabri). Tanlovchilar hay’ati hech qachon to‘liq tarkibda yig‘ilmaydi: ular o‘z shtatidagi Kapitoliy binosida ovoz beradi. Ular prezident va vitse-prezidentni tanlaydi, so‘ng ovozlar hisoblanadi va bir necha nusxada tayyorlanadigan bayonnomaga kiritiladi.

    Muhrlangan konvertlardagi bayonnomalar AQSh senati raisiga (odatda, bu lavozimda AQShning amaldagi vitse-prezidenti ishlaydi), AQSh arxivariusiga, shtat senati kotibi va okrug sudi bosh sudyasiga yuboriladi. Barcha tomonlar bayonnomalarni to‘qqiz kun ichida qabul qilib olishi kerak. Ovozlar AQSh kongressining maxsus sessiyasida hisoblab chiqiladi va uning yakuniga ko‘ra senat raisi yangi prezident va vitse-prezident nomini e’lon qiladi. Bu voqea 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

    [playbuzz-item playbuzz_url="muhrima10/aqsh-prezidenti-saylovida-kim-g-olib-chiqadi"]

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    04.11.2016, 11:39   Izoh (0)   27740
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada prezidentning sobiq yordamchisi hibsga olindi

    04.11.2016, 11:26

    Obama Eronga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

    04.11.2016, 11:13

    The Economist Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

    04.11.2016, 10:55

    Guardian: IShID yetakchisi al-Bag‘dodiy Mosulni tark etdi

    04.11.2016, 10:52

    Jahon banki: Turkmaniston daromad darajasi o‘rtadan yuqori mamlakatlar guruhiga kirdi

    04.11.2016, 10:44

    O‘rtayer dengizida rezina qayiqlar halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar soni qariyb 240 kishiga yetdi

    04.11.2016, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 23 may, 00:13

    Toshkentdagi qurilish obyektida 1,4 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 22 may, 23:50

    Denzel Vashington Kann kinofestivalida fotograf bilan janjallashdi

    Layfstayl | 22 may, 23:40

    Buyuk britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga keladi

    O‘zbekiston | 22 may, 23:30

    Tailand sudi sobiq bosh vazirga 305 mln dollar to‘lash majburiyatini yukladi

    Dunyo | 22 may, 23:20

    Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birgalikda qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi (foto)

    O‘zbekiston | 22 may, 23:12

    O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkinligi aytildi

    O‘zbekiston | 22 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 22-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 22 may, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.