Kuch tizimlari Dog‘istonda yo‘q qilingan 4 nafar jangarining shaxsini aniqlamoqda. Bu haqda respublika huquq-tartibot idoralaridagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Manbaning ta’kidlashicha, 3-noyabr, payshanba kuni kechki payt Xasavyurt shahrida o‘tkazilgan maxsus tadbir chog‘ida shubhali avtomobilni tekshiruv uchun to‘xtatishga harakat qilingan, biroq uning salonidan o‘t ochilgan. Javob o‘ti bilan avtomobilda bo‘lgan to‘rt nafar qurollangan jangari o‘ldirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘q qilingan jangarilar Xasavyurt jinoiy guruhi tarkibiga kirgan, ular orasida ushbu guruh yetakchisi ham bor. Jangarilardan biri politsiyachilar hayotiga qasd qilgani tufayli federal qidiruvda bo‘lgan 25 yoshli Muhammad Mahmudov ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)