IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiy Iroqning Mosul shahrini tark etdi, deb yozadi “Gazeta.ru” The Guardian nashriga tayanib.
Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson G‘arb razvedka xizmatlaridagi manbasiga tayanib ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu istehzoli vaziyatdir, chunki ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, IShID yetakchisi Mosulni tark etgan, ammo shundan so‘ng internetdan foydalanib, boshqalarni shaharda qolib, jang qilishga undagan.
IShID jangarilari al-Bag‘dodiyning murojaatini Mosul hududida eshittirgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)