AQShning De-Moyn shahrida (Ayova shtati) ikki politsiya zobiti o‘ldirildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiya departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, 2-noyabr, chorshanba oqshomida otishma haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan politsiyachilar u yerda Urbandeyl shahrilik (Ayova shtati) zobitning tanasini topdi. 20 daqiqadan so‘ng De-Moyn departamentida xizmat qilgan boshqa zobitning tanasi aniqlandi.
“Bu politsiyachilarga pistirmadan hujum qilingan ko‘rinadi”, — dedi politsiya vakili OAV bilan muloqotda.
Izoh (0)