Afg‘oniston rasmiylari “al-Qoida” terrorchi guruhining ikki yetakchisi yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda, Afg‘oniston milliy xavfsizlik direksiyasiga (NDS) asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bayonotga ko‘ra, Farrux al-Qataniy, Bilol al-Utobiy, shuningdek, guruhning yana bir a’zosi koalitsiyaning Kunar viloyatida amalga oshirgan zarbalari natijasida yo‘q qilindi. Zarbalar NDS bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)