25-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasini (San-Fransisko, 1948-yil, 9-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6-oktabr kuni qabul qilingan hamda Senat tomonidan 12-oktabr kuni ma’qullangan edi.
Izoh (0)