26-oktabr, chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki tomonlama aloqalarning amaliy jihatlari hamda O‘zbekiston—AQSh hamkorligining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)