O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonga safar qildi. Bu haqda, Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati axborotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Do‘stuk” chegara nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Muhammadqali Abulg‘oziyev, bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakov, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Doniyor Siddiqov, Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari, shuningdek, oqsoqollar, jamoat va madaniyat vakillari kutib olgan.
Xabar berishlaricha, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati rahbarlari, davlat organlari, madaniyat, sport vakillari, diniy ulamolar o‘rin olgan.
Tashrif doirasida qator madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)