O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘rtasida 26-oktabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda, Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tomonlar suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlar holati va istiqbollarini muhokama qilgan.
Almazbek Atambayev O‘zbekiston rahbariyatining ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalariga qaratilayotgan e’tibor, davlatlar o‘rtasidagi do‘stona qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.
Qayd etish joizki, telefon muloqoti bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘izistonga tashrifi kuni bo‘lib o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)