O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasida Latviya ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-akademik doiralari, saylov organlari, NTT va OAV vakillari ishtirokida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Tadbir qatnashchilari O‘zbekistonning saylov qonunchiligi, Prezident sayloviga tayyorgarlikning borishi, o‘tkazish uslublari va texnologiyalari bilan tanishtirildi.
— O‘zbekiston kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan ishonch bilan qadam tashlamoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi o‘zgarishlar, jumladan, konstitutsiyaviy islohotlar yuqori baholarga loyiq. Oxirgi yillarda mamlakatingizda bir necha bor bo‘ldim, xususan, 2015-yili prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Aytishim mumkinki, siyosiy-ijtimoiy hayotni demokratlashtirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar o‘z samarasini bermoqda, — deya ta’kidladi Latviya fanlar akademiyasi prezidenti Oyars Sparitis.
— Latviya va O‘zbekiston markaziy saylov komissiyalar o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatilgan. 2015-yil oxirida tajriba va bilimlar almashish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan memorandumni imzoladik, — deydi Latviya markaziy saylov komissiyasi raisi Arnis Simdars. — Avvalgi prezidentlik saylovlarida Toshkent, Samarqand va Buxorodagi saylov uchastkalarida bo‘lgan, saylovchilar bilan muloqot qilgandim. Ushbu uchrashuvlar davomida saylovlarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish amaliyoti haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lganman. O‘zbekistonga bu muhim siyosiy tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazishni tilab qolaman.
Izoh (0)