Venesuela OPEK a’zosi bo‘lmagan davlatlarga neft qazib olish umumiy hajmini sutkasiga 400—500 ming barrelga kamaytirishni taklif etdi. Ushbu ko‘rsatkich kartel qisqartirishi mumkin bo‘lgan hajmning yarmini tashkil etadi. Bu haqda mamlakat neft sanoati vaziri Euloxio del Pino ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz OPEKga kirmaydigan davlatlarga bozorga sutkasiga 400—500 ming barrel neftni yetkazib bermaslikni taklif qildik. Bu ko‘rsatkich OPEK bozorda kamaytirishi mumkin bo‘lgan xomashyo hajmiga teng”, — deya ta’kidladi vazir.
Eron neft vaziri Bijon Nomdor Zanganega ko‘ra, OPEK noyabrda neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha yakuniy taklifni taqdim etadigan muvofiqlashtiruvchi qo‘mitani tuzishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mamlakatlar uchun alohida kvotalar belgilanishi lozim.
Izoh (0)