Tinch okeani akvatoriyasida, Chili qirg‘oqlarida 5,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishi epimarkazi Chilining Kopyano shahridan 91 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan.
Silkinishlar shiddati bo‘yicha zilzila “Vayronkor” deb baholandi.
Izoh (0)