Ukraina poytaxti Kiyev shahrida istiqomat qiluvchi 1961-yilda tug‘ilgan ayol uning uyidan 300 ming yevro va 750 ming dollar o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi. Bu haqda, Ukraina politsiyasiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Doimiy ish joyi bo‘lmagan ayol 24-oktabr, dushanba kuni oqshomda politsiyachilarga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilar kalit tanlash yo‘li bilan xonadon ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Xabar berishlaricha, jabrlanuvchi ayolning familiyasi Kiyevdagi mashhur “Sanaxant” butiklar tarmog‘iga egalik qiluvchi ayolning sharifi bilan bir xil.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)