Tinch okeanida Tayvan bayrog‘i ostida suzayotgan va bortida 52 yo‘lovchi bo‘lgan trauler yong‘in ichida qoldi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq himoyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Kema 26-oktabr, chorshanba kuni ertalab Ivate prefekturasidan 510 kilometr sharqda boshqa kema bilan to‘qnashib ketgani va alanga olgani bildirilmoqda.
Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan. Hodisa joyiga Yaponiya qirg‘oq himoyasi patrul kemalari yo‘l olmoqda.
Izoh (0)