Rossiya, Braziliya, Meksika, Ozarbayjon, Qozog‘iston va OPEK a’zosi bo‘lmagan boshqa davlatlar kartelning 29-oktabr, shanba kuni Venada bo‘lib o‘tadigan texnik muzokaralarida ishtirok etish uchun taklif etildi. Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“OPEK a’zosi bo‘lmagan davlatlar, jumladan, Ozarbayjon, Braziliya, Kolumbiya, Qozog‘iston, Meksika, Norvegiya, Ummon va Rossiya vakillari shu haftada bo‘lib o‘tadigan texnik muzokaralarda ishtirok etish uchun taklif qilindi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Shu bilan birga, Bloomberg yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlar muzokaralardagi ishtirokini tasdiqlagani haqida ma’lumotga ega emas.
Izoh (0)