Rossiyaning Buryatiya respublikasi va Irkutsk viloyatidagi bir necha tumanlar aholisi samoviy jism qulashi guvohi bo‘ldi. Nur sochuvchi yashil obyekt haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda 25-oktabr, seshanba kuni kechki payt paydo bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” ma’lum qildi.
Guvohlarga ko‘ra, osmonda yorqin chaqnash kuzatilgan va shundan so‘ng yerga kometaga o‘xshash jism qulagan. Uni bir-biridan minglab kilometr uzoqlikdagi odamlar ko‘rgan.
Operativ xizmatlar uchib kelgan bolid haqidagi ma’lumotga izoh bermadi. Mintaqada o‘tgan yili ham shunga o‘xshash hodisa ro‘y bergan, o‘shanda meteorit Baykal ko‘liga tushgandi.
https://youtu.be/d5kcwbxt5WI
Izoh (0)