IShID terrorchi guruhi Pokistonning Kvetta shahridagi politsiya akademiyasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq ma’lum bo‘lganidek, uch yoki olti kishidan iborat qurolli guruh Kvetta chetidagi politsiya mashg‘ulot markaziga hujum uyushtirgan edi. Hujum paytida u yerda 700 politsiyachi tayyorgarlikdan o‘tayotgan edi.
Hujum uyushtirganlar kursantlarga qarata betartib o‘t ochdi. Ayrim terrorchilar egnidagi bombali kamarlarni harakatga keltirdi.
Terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 59 kishini tashkil qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)