Barak Obama AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni Twitter’da ko‘p vaqtini o‘tkazishi uchun tanqid qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bizga hamma vaqtini tvitlarga sarflaydigan prezident kerak emas. Tramp nima uchun ushbu lavozimga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirib o‘tirmayman, chunki u har gal gapirganida bunga o‘zingiz ham amin bo‘lib boryapsiz. Avvalgi respublikachi raqiblarimiz — Jon Makkeyn ham, Mitt Romni ham, Trampdan farqli ravishda, hurmatga sazovor insonlar edi”, — deya ta’kidladi Obama Kaliforniyadagi saylovoldi mitingidagi chiqishi chog‘ida.
Trampning Twitter’dagi akkauntiga 12,7 million kishi obuna bo‘lgan, u salkam 34 ming tvit yozishga ulgurdi. Milliarder ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlar yordamida raqiblari bilan bahsga kirishadi va auditoriyasini da’vat qiladi.
Izoh (0)