Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Atletik Bilbao”ga qarshi (2:1) Ispaniya chempionati 9-turida yana bir bor xudbinligini namoyish etdi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
Gol kiritish istagida bo‘lgan 31 yoshli futbolchi shaxsiy natijalarini jamoa manfaatidan ustun qo‘ydi.
Hisob madridliklar foydasiga 2:1 bo‘lib turgan vaziyatda Ronaldu “Atletik” darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqqan hamda Alvaro Morata unga yordamga yetib kelgandi.
Biroq Ronaldu to‘pni sherigiga oshirish o‘rniga o‘zi zarba yo‘lladi va uning zarbasini Gorka Iraisos qaytardi. Tablodagi hisob o‘zgarmadi, portugaliyalik esa “Santyago Bernabeu”da gol kirita olmayotgan o‘yinlari sonini 4 taga yetkazdi.
Qayd etish kerakki, madridliklarning ushbu o‘yindagi gollariga Karim Benzema va Alvaro Morata mualliflik qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Ispaniya chempionatidagi so‘nggi 6 o‘yinda atigi 2 ta gol kiritishga erishdi.
Izoh (0)