O‘zbekiston joriy yil uchinchi choragida xalqaro moliya institutlari bilan bitta zayom kelishuvini imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr o‘rtalarida O‘zbekiston va Jahon banki ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish loyihasi yuzasidan zayom kelishuvini imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati 35,77 million dollarni tashkil etadi. Undan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad mamlakat elektron hukumati xizmatlari doirasiga kiruvchi ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatga olish tizimini yanada yaxshilash hamda samarasini oshirishdan iborat.
Loyiha Respublika miqyosida amalga oshiriladi va O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida ko‘chmas mulkning elektron, yagona reyestri va kadastrini tuzishga qaratilgan.
Izoh (0)