Rossiya Davlat Dumasi plutoniy utilizatsiyasi bo‘yicha AQSh–Rossiya kelishuvi hamda uning bayonnomalarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bunday qaror uchun 445 deputat ovoz berdi, bir kishi ovoz berishdan tiyildi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu kelishuv hamda uning bayonnomalarini to‘xtatib qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan edi. Ushbu tashabbus endi parlament tarafidan qonuniy tarzda tasdiqlandi.
Izoh (0)