O‘zbekiston milliy universiteti rektori o‘zgardi. Oliygoh saytidagi axborotga ko‘ra, texnika fanlari doktori, professor Avazjon Marahimov O‘zMUning yangi rektori sifatida ish boshlagan.
Avazjon Marahimov rektor lavozimida Abdurahim Abdushukurovni almashtirdi. Abdushukurov 2016-yil may oyida — undan avvalgi rektor Shuhrat Sirojiddinov yangi tashkil etilgan O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga boshliq etib tayinlanganidan so‘ng O‘zMU rahbari sifatida ishga kirishgan edi.
Ma’lumot uchun, Avazjon Marahimov 2010—2011-yillarda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga rahbarlik qilgan, undan avval esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)