O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 19-oktabr kuni Toshkentda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Abdildayev Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun, Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari sifatida Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
Xabar berishlaricha, suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan.
“Muloqot davomida turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi”, — deyiladi TIV axborotida.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2016—2017-yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)