O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 17-oktabr, dushanba kuni Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyarov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qildi hamda ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida IHT vazirlar uchrashuvining kun tartibi hamda mazkur tashkilotda O‘zbekistonning rasiligi doirasida boshqa tadbirlarni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev ishtirok etdi.
Izoh (0)