Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida yuk mashinasining turar-joyga kelib urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda xizmatlaridagi manbaga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Yuk avtomobilining ikki qavatli uyga kelib urilishi tufayli 5 kishi, jumladan, mashina salonida bo‘lgan bola halok bo‘ldi. Yana bir kishi kasalxonaga yotqizildi”, — deya ma’lum qildi manba.
To‘qnashuv Gornouralsk shahar okrugining Nikolo-Pavlovskoye aholi punktida ro‘y berdi. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Izoh (0)