Madrid ko‘chalariga Ispaniya Yevroittifoq va AQSh o‘rtasida Trans-Tinch okeani sherikligi (TTIP) haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilishiga qarshi bo‘lgan yuzlab kishilar chiqdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ispaniya poytaxtida 15-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyasi doirasida namoyishchilar Yevroittifoq va Kanada o‘rtasida erkin savdo hududi haqidagi kelishuv (CETA) imzolanishiga ham qarshi chiqdi.
Namoyishchilarning aksariyati qo‘llarida “Biz odamlarmiz, tovar emas”, shuningdek, “Bu hujjatlar kelishuv emas, davlat to‘ntarishi” degan shiorlar ko‘tarib olgani qayd etilmoqda.
Izoh (0)