Filippinga shiddatli “Sarika” to‘foni yopirilgani sababli 12 mingga yaqin fuqaro o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Tabiiy ofat arxipelag shimolidagi yirik Luson oroliga yetib keldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hozirda to‘fondan jabrlanganlar davlat vaqtinchalik joylashtirish markazlariga keltirildi. Shu paytgacha ikki kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi.
Mutaxassislar Filippinga 17-oktabr, dushanba kuni “Xaima” po‘rtanasi ham yopirilishi haqida ogohlantirmoqda.
Izoh (0)