Xitoyda harbiy-dengiz kuchlarida 40 yildan ortiqroq xizmat qilgan mamlakatning ilk atom suv osti kemasi foydalanishdan chiqarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Atom reaktorini bo‘shatish va radioaktiv qoldiqlardan xoli qilish ishlaridan so‘ng submarina HDK muzeyi joylashgan Sharqiy Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Sindao kemasozlik korxonasida namoyishga qo‘yiladi. Kema tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Izoh (0)