Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep shahrida ro‘y bergan portlash oqibatida o‘ndan ortiq odam, jumladan, huquq-tartibot xodimlari jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Haberturk telekanaliga ko‘ra, hodisa terrorchilik o‘chog‘ini yo‘q qilishga qaratilgan politsiya qurshovi chog‘ida sodir bo‘ldi. Bir nafar xudkushni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lindi, ikkinchisi esa, politsiyadan yashirinishiga ko‘zi yetmay, portlovchi qurilmani harakatga keltirildi.
Dogan agentligining bildirishicha, hodisa joyiga IIV maxsus bo‘linmasi yetib kelgan. Yuz bergan portlash yoki terrorchilarga aloqadorlikda gumon qilingan sakkiz kishi qo‘lga olindi.
Izoh (0)