Valiahd shahzoda Maxa Vachiralongkorn Tailandning muvaqqat rahbari Prem Tinsulanon bilan uchrashuvi chog‘ida taxtni egallash niyatini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Prayut Chan-Ocha millatga telemurojaati chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Valiahd va muvaqqat rahbarning uchrashuvi 15-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi. Shahzoda fuqarolarda davlat ishlari, jumladan, taxt vorisligi masalasida xavotir olishlariga sabab yo‘qligini bildirdi. Valiahdning toj kiyishi dafn marosimlari yakunlanganidan so‘ng bo‘lib o‘tadi”, — ta’kidladi bosh vazir.
Qirol Pxumipon Adulyadetning vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Maxa Vachiralongkorn taxtga chiqish borasida shoshiltirmaslik va “millat qayg‘usini bo‘lishishiga imkon berish”ni so‘ragandi. Shundan so‘ng 96 yoshli sobiq bosh vazir, Tailand qiroli huzuridagi Maxfiy kengash rahbari Prem Tinsulanon mamlakatning vaqtinchalik rahbariga aylandi.
Izoh (0)