Rossiya harbiy-transport samolyotlari Misrga, ikki davlat hamkorligidagi “Do‘stlik muhofizlari” mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan hududga 100 tonnadan oshiq yuk yetkazdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Ilgari xabar qilinganidek, rossiyalik desantchilar Misrga yetib keldi, shuningdek, zirhli texnika, jumladan, maxsus kvadrotsikllar yetkazildi. Mashg‘ulotlarda sahroda terrorchilarni qidirish va yo‘q qilish malakasi oshiriladi.
Rossiya va Misr hamkorligidagi bunday mashqlar birinchi bor o‘tkazilmoqda. Ularning borishini 30 davlat vakillari kuzatadi.
Izoh (0)