Britaniyaning Kornuoll grafligida ehtiyotsizlik qilgan xaridor bir necha soniya ichida to‘rtta plazma ekranli televizorni ishdan chiqardi.
Meduza’ning yozishicha, erkak xaridor plazmani ko‘rish uchun cho‘kkalab o‘tirgan, biroq muvozanatni yo‘qotib, o‘zini televizor ustiga tashlagan.
Birinchi televizor ketidan ikkinchi televizor qulagan, bundan qo‘rqib ketgan xaridor birdan o‘rnidan turib, orqasida turgan yana ikki plazmani tushirib yuborgan.
Xaridor umumiy hisobda 5000 funt-sterling (taxminan 6000 dollar)ga teng zarar yetkazgan. Zararni xaridor qoplaydimi yoki do‘kon — bu haqda ma’lumot berilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)