Chilining Kilpue shahri aholisi minglab daydi itlarga yordam qo‘lini cho‘zishga qaror qildi — ular maxsus tayyorgarlikdan so‘ng, to‘rt oyoqli do‘stlarni politsiya xizmatiga jalb qildi.
AdMe’ning yozishicha, maxsus nur qaytaruvchi nimchalar “kiyib olgan” bu itlar hozirda politsiyachilarning yonida yurib, shahar ko‘chalarida tartibni saqlash ishiga o‘ziga xos hissa qo‘shmoqda.
Obro‘li ishdan tashqari, bu itlar boshpana va oziq-ovqat bilan ham ta’minlangan. Bir so‘z bilan aytganda — to‘laqonli ijtimoiy paket.
Shahar meri Kristian Vittorining aytishicha, “qo‘lga o‘rgatilganidan so‘ng, bu itlar yana shahar ko‘chalariga qaytadi — faqat jinoyatchilikka qarshi kurashuvchilar sifatida”.
“Bu — jonivorlar yangi hayot boshlab, jamiyatga foyda keltira olishini isbotlovchi a’lo bir namunadir”, — deb yozadi AdMe nashri.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)