Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12-oktabr kuni kuchli shamollar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Xabar berishlaricha, 12-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +3...+8 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +9...+14 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida +11...+16 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +13 darajagacha iliq bo‘ladi.

Chorshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +15...+20 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +18...+23 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida +24...+29 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +22...+27 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 12-oktabrga o‘tar kechasi va 12-oktabr kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“O‘ylamasdan rol ijro etish”. Gollivud yulduzi Entoni Xopkins Marvel filmlarini tanqid qildi
Mahalliy
O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi (foto) 
Mahalliy
O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli tasdiqlandi