• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston IIVda Bosh vazir virtual qabulxonasi orqali kelgan murojaatlar bilan ishlovchi maxsus bo‘lim tashkil qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda vazirlik inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov O‘zA muxbiriga quyidagilarni ma’lum qildi. 

    Foto: Panoramio

    Foto: Panoramio

    — Fuqarolarning Ichki ishlar vazirligiga, sohaviy xizmatlarimizga murojaat qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Aholi tizimimizga xat, interfaol usul va ishonch telefonlari orqali o‘zlari duch kelgan muammo va masalalar bo‘yicha murojaat qilishi mumkin. 

    Ushbu sohadagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida 2016-yil boshida vazirlikning “2016—2017-yillar davomida ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi” qabul qilindi. 

    — Ichki ishlar idoralarida elektron murojaatlar bilan ishlash qanday yo‘lga qo‘yilgan? 

    – Ichki ishlar vazirligining “www.mvd.uz” sayti orqali fuqarolarga o‘ndan ortiq interfaol xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Sayt Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulangan. Aholi mazkur portal orqali yoki saytimizda ko‘rsatilgan boshqa imkoniyatlar orqali bizga murojaat qilishi mumkin. Unda ishonch telefonlari va vazirlik elektron manzili ko‘rsatilgan. 

    Fuqaro va yuridik shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida vazirlik markaziy apparatining bevosita murojaatlar bilan ishlovchi asosiy sohaviy xizmatlari, ya’ni shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati, yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklarning oldini olish, tergov bosh boshqarmalari, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda hududiy ichki ishlar organlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga to‘liq ulangan. 2016-yilning 9 oyi mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 4 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. 

    Toshkent shahridagi barcha tuman IIBlarining xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun fuqarolarning arizalarini elektron tarzda qabul qilish va navbatga qo‘yish tizimi joriy etildi. 

    — O‘zbekiston hukumati portalida ochilgan mamlakat Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlarda Ichki ishlar vazirligiga taalluqli savollar ham bo‘lishi tabiiy. Bu murojaatlar bilan ishlash qanday tashkil etilmoqda? 

    — Vazirligimizda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlovchi maxsus bo‘lim tashkil qilindi. Bo‘lim zaruriy texnik vositalar bilan to‘liq ta’minlandi va uning faoliyati alohida nazoratga olindi. Kelib tushayotgan murojaatlarning tez va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida ular faqat vazirlikning markaziy apparati tomonidan ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yildi. 

    IIVning barcha markaziy sohaviy xizmatlariga virtual qabulxona orqali kelib tushgan har qanday murojaat bo‘yicha shaxsan birinchi rahbarning mas’ulligi belgilandi. Sohaviy rahbarga ariza bo‘yicha to‘liq va sifatli ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish, hisobini yuritish va tahlil qilish vazifalari yuklatilgan. 

    Virtual qabulxona orqali Ichki ishlar vazirligiga jami 3,5 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Murojaatlarning 80 foizdan ortig‘i Toshkent shahri hamda Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi. 

    Bundan tashqari, murojaatlarning ma’lum qismini ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan, fuqarolarga nisbatan sodir etilgan o‘g‘rilik, firibgarlik, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, profilaktika inspektorlari faoliyati yo‘nalishida, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash hamda shu kabi boshqa masalalar tashkil etmoqda. 

    Ichki ishlar organlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bog‘liq murojaatlar hamda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)dan kelgan har bir ariza va shikoyat vazirlik rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan. Biroq ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, hanuzgacha murojaatlar bilan ishlashda xodimlarimiz tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari mavjud. Jumladan, ariza va shikoyatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqmaslik, arizachiga tekshiruv va ko‘rib chiqilgan holat yuzasidan asoslantirilgan javob xatlarini yubormaslik, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga amal qilmaslik kabi salbiy holatlar uchrab turibdi. 

    O‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan har qanday salbiy holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, aybdor xodim va uning rahbarlariga tegishli choralar ko‘rilayotir. 2016-yilning 9 oyida murojaatlar bilan ishlash jarayonida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun 200 nafardan ortiq ichki ishlar organlari xodimi turli intizomiy javobgarlikka tortildi. 

    11.10.2016, 15:52   Izoh (0)   21273
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston TIVda Ehtiyojlarni baholash missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    11.10.2016, 15:16

    O‘zbekistonda falokatlarga qarshi kurashish salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha dastur ishga tushirildi

    11.10.2016, 14:58

    Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

    11.10.2016, 14:27

    “Poyedem, poyedim!” ko‘rsatuvi boshlovchisi Jon Uorren Xorazmda tuxum barak tayyorlashni o‘rgandi

    11.10.2016, 14:18

    Oliy sud: O‘zbekistonda fuqarolarning saylov huquqlari ishonchli himoyalangan

    11.10.2016, 12:13

    Islomoboddagi brifingda O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlari ochiq-oshkora, demokratik tamoyillar asosida o‘tishiga ishonch bildirildi

    11.10.2016, 11:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Melaniya Tramp garderobidagi eng qimmat va eng arzon buyumlarning narxi oshkor qilindi

    Ayollar sahifasi | 31 iyul, 18:10

    Rossiyaga ishlashga ketib, qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 18:00

    Apple tasodifan ijtimoiy tarmoqlarida Samsung’ning yangi smartfonini reklama qildi (foto)

    Layfstayl | 31 iyul, 17:50

    Bo‘stonliqda yana o‘rmon yong‘ini: uni o‘chirishga 100 nafar xodim, vertolyotlar jalb etildi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 17:37

    O‘zbekistonda “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 17:31

    PocketBook elektron kitob o‘qish uchun mo‘ljallangan rangli ekranga ega planshetni taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 iyul, 17:15

    Yangiyo‘lda erkak ayolni ayovsiz kaltaklagani aks etgan video yuzasidan izoh berildi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 17:09

    Toshkentdan Rossiyaga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.