O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 11-oktabr, seshanba kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Missiyaga Saylovlar departamenti boshlig‘i Aleksandr Shlik boshchilik qilmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan YXHT DIIHB nomiga yo‘llangan taklifnoma doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)