AQShning ikki harbiy xizmatchisi Afg‘oniston shimolida yo‘lda o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma harakatga keltirilishi tufayli jarohatlandi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Hodisa Nangarxar viloyatida, Jalolobod aeroporti yaqinida patrullash chog‘ida ro‘y berdi. Yaradorlar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun aeroportga keltirildi. Ularning jarohati darajasi haqida ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)