Sano shahrida dafn marosimiga aviazarba berilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi. Bu haqda Yamanda isyonchi xusiylarga qarshi jang olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi 9-oktabr, yakshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Yaman OAViga ko‘ra, mazkur hujum qurbonlari soni 200 kishidan oshdi, 500 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Koalitsiya bayonotida tekshiruvda AQSh ham ishtirok etishi bildirilgan.
Oldinroq Qo‘shma Shtatlar Milliy xavfsizlik kengashi tinch aholiga zarba berilganidan so‘ng arab koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlash masalasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)