O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 5-oktabr, chorshanba kuni Bryusselda Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan qo‘shma institutlarning bo‘lajak majlislari jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Muloqot davomida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo uchrashuvi yakunlari hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)