Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Sergeli tumanida jami uzunligi 8 kilometrdan ziyod bo‘lgan oltita metro bekati quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev ma’lum qildi.

Foto: Sergeli tuman hokimligi

Foto: Sergeli tuman hokimligi

Bekatlar yo‘l sathidan olti metr balandlikda joylashadi. Ular Sergelining Sputnik dahasidan “Olmazor” metro bekatigacha bo‘lgan oraliqda joylashadi.

“Loyiha ustida ishlar davom etmoqda. Metro, shuningdek, ko‘p qavatli uylar va avtomobil yo‘llari qurishni shu yildayoq boshlash rejalashtirilgan”, — dedi tuman hokimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi to‘rt yil ichida qurib bitkaziladi.

Foto: Sergeli tuman hokimligi

Foto: Sergeli tuman hokimligi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida bo‘lib, aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazgan va yer usti tezyurar metro qurilishini loyihalashtirishni jadallashtirish vazifalarini belgilab bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda Cobalt yuk mashinasiga urilishi oqibatida 4 kishi vafot etdi
Mahalliy
Jizzaxda sevgan qizining yalang‘och suratlarini Telegram’da tarqatmaslik uchun 800 dollar so‘ragan yigit ushlandi
Shou-biznes
Tom Holland aktyorlik ishida tanaffus e’lon qildi