O‘zbekiston hududida 4-oktabr kuni eng yuqori havo harorati +28 darajani tashkil etdi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, shu kuni kunduzi Samarqand viloyatining Payshanba shahri va Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi shahrida harorat +28 darajagacha ko‘tarilgan.
4-oktabr kuni O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida eng yuqori havo harorati quyidagicha bo‘ldi: Nukus, Urganch shaharlarida +23 daraja, Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlarida +24 daraja, Navoiy, Samarqand, Guliston shaharlarida +25 daraja, Qarshi shahrida +26 daraja, Buxoro, Termiz shaharlarida +27 daraja iliq.
5-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past darajasi quyidagicha bo‘ldi: Guliston, Andijon shaharlarida +6 daraja, Navoiy, Jizzax, Farg‘ona shaharlarida +7 daraja, Toshkent, Nukus, Urganch, Samarqand, Namangan shaharlarida +9 daraja, Buxoro shahrida +10 daraja, Qarshi, Termiz shaharlarida +12 daraja iliq.
4-oktabr kuni kunduzi va 5-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmagan. Mamlakat bo‘yicha eng kuchli shamollar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Jasliq hududida shamol tezligi soniyasiga 20 metrga yetgan) va Xorazm viloyatida (Xivada shamol tezligi soniyasiga 15 metrga yetgan) kuzatildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)