2016-yilning 4-oktabr kuni Bryussel shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha komissari Neven Mimitsa bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikning amaliy jihatlari ularni yanada mustahkamlash va rivojlantirish nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
Uchrashuvda “Markaziy Osiyo — Yevroittifoq” shaklidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 4-oktabr kuni Bryusselda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” shaklidagi mintaqalararo uchrashuvda ham ishtirok etdi.
Izoh (0)