O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 4-oktabr, seshanba kuni Bryussel shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” shaklidagi mintaqalararo uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Yevroittifoqning tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan iqtisodiy rivojlanishning turli jabhalariga urg‘u bergan holda hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Yalpi majlis doirasida hamda boshqa shakllarda mintaqaviy va xalqaro muammolar, xavfsizlik va ekstremizmga qarshi kurash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)