Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti presviterian tibbiy markaziga yotqizildi. Bu haqda, AskaNews nashriga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, uning yuragida operatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, ayni paytda reabilitatsion kursdan o‘tmoqda.
Berluskoni “Rubi ishi” nomini olgan janjal yuzasidan guvohlarni sotib olishda ayblanmoqda. Ilgariroq sobiq bosh vazir voyaga yetmagan fohishalar xizmatidan foydalanishda ayblangan, ammo kassatsiya sudi tomonidan oqlangan edi. Ammo Milan prokuraturasi yangi tergov boshladi. Siyosatchi mazkur tergov yuzasidan eshituvlarda qatnashishi lozim edi, ammo xastalik bois eshituvlar qoldirildi.
Berluskoniga yangi audiyensiya 15-dekabrga belgilandi.
Izoh (0)