Janubiy Koreya KXDR qochqinlarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Pak Kin Xe mamlakat qurolli kuchlari kuni munosabati bilan chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz KXDR fuqarolari bu yerda umid va yangi hayotga ega bo‘lishi uchun imkon yaratamiz. Shimoliy Koreya tuzumi irodamiz, sabrimizni sinamoqda. Jamiyatimizni ajratib, unga putur yetkazish yo‘llarini qidirmoqda”, — deb ta’kidladi prezident.
Pak Kin Xe Koreya yarim orolidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni KXDR davom ettirayotgan yadro sinovlari va ballistik raketalar uchirilishi tufayli “o‘ta qaltis” deb baholadi.
Izoh (0)