• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini yo‘lladi. Tabrik matni 30-sentabr, juma kuni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    Qadrli ustoz va murabbiylar!

    Avvalambor, dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb egasi bo‘lgan siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Ushbu sana bundan 19 yil oldin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk Yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabbusi bilan el-yurtimizning sizlarga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromining amaliy ifodasi, umumxalq bayrami sifatida ta’sis etilganini albatta hammamiz yaxshi eslaymiz.

    Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishni kelajagi buyuk O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim sharti deb bilgan, sizlarga o‘zining eng yaqin maslakdoshlari sifatida katta ishonch va hurmat bilan qaragan Yurtboshimizning o‘zlari ham barchamiz uchun mehribon ustoz, talabchan murabbiy edilar.

    Islom Abdug‘aniyevich Vatanimizni buyuk muhabbat bilan sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish, bu yo‘lda bor bilim va tajribamiz, butun borlig‘imizni safarbar etish borasida biz uchun yuksak ibrat maktabini yaratib ketdilar.

    Jahon hamjamiyatida “o‘zbek modeli” deb tan olingan taraqqiyot strategiyamizning ajralmas qismi bo‘lgan zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga asos solgan, bu sohani davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarib, uning rivojlanish yo‘llarini aniq belgilab bergan, “Butun O‘zbekiston bolalari – mening aziz farzandlarim” deb ularni hamisha e’zozlagan Islom Abdug‘aniyevich Karimovning o‘lmas tarixiy xizmatlarini bugungi va kelgusi avlodlar doimo chuqur minnatdorlik bilan yodga oladi.

    Ulug‘ ustozimizning ezgu g‘oya va vasiyatlari asosida ta’lim va tarbiya sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini voyaga yetkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hammamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimiz bo‘lib, biz bu yo‘lda birinchi navbatda siz, azizlarga, sizlarning bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingizga tayanamiz.

    Aziz do‘stlar!

    Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

    Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bo‘lishini, balki zamondan oldinda yurishini ta’minlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, o‘qituvchi va domlalarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini har taraflama rag‘batlantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

    Muhtaram ustoz va murabbiylar!

    Siz, azizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, hayotda va mehnat faoliyatingizda baxt va omadlar yor bo‘lishini tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentivazifasini bajaruvchi

    30.09.2016, 17:38   Izoh (0)   28648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yanvar—iyun oylarida yaratilgan ish o‘rinlarining 59,8 foizi qishloq joylarda tashkil etildi

    30.09.2016, 14:58

    Choyshabni to‘g‘ri tanlash sirlari

    30.09.2016, 12:31

    Toshkentdagi Inha universiteti talabalari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan matematika festivalida ishtirok etdi

    30.09.2016, 12:14

    Inha universiteti gospitali shifokorlari O‘zbekiston aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

    30.09.2016, 10:58

    Yagona portalda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining Milliy reyestriga kiritish uchun ariza berish xizmati yo‘lga qo‘yildi

    30.09.2016, 10:47

    Milliy telekanalining yangi videoroligi internet foydalanuvchilarini hayratga solmoqda (video)

    30.09.2016, 09:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soliq qo‘mitasi mol-mulk va yer solig‘idan qarzdor tashkilotlar xodimlarini ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 18:08

    O‘zbekistondan chet elga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni ko‘paydi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 17:55

    Chexoslovakiya va Ukrainaning o‘xshash taqdiri – Gitler o‘z bosqinchilik harakatlarini qanday boshlagan edi?

    Dunyo | 22 iyul, 17:45

    Toshkentda tibbiy ko‘rik vaqti bemoriga shahvoniy shilqimlik qilgan shifokorga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 17:30

    Zominda 7 mingdan ziyod aholi ish bilan ta’minlanadigan maishiy texnika zavodi ishga tushadi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 17:21

    Gollivud yulduzi Uill Smit ismini o‘zgartirmoqchi

    Kino | 22 iyul, 17:20

    O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 17:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.